Asosiy matnga o‘tish

1C, Odoo va amoCRM integratsiyasi: tizimlarni ulash va ustida ilova

Tizimlarni ulaymiz, ma’lumot qo‘lda ko‘chirilmaydi.

Bepul diagnostika qo‘ng‘irog‘i
ONUR: admin paneldagi buyurtmalar jadvali, ilovada savatdan buyurtma holatigacha

1C, Odoo va amoCRM integratsiyasi — tizimlarni ma’lumot almashadigan qilib ulash va ustiga ilova qurish: katalog va narx 1C dan keladi, buyurtma 1C ga o‘zi tushadi. Hisob tizimingiz almashtirilmaydi. Misollar: ONUR (1C), DeepVision (Odoo) va Blitz (amoCRM).

Tanish holatlar

  1. Prays-list Excel yoki PDF da tarqatiladi va tez eskiradi
  2. Buyurtma Telegram yoki telefondan 1C ga qayta kiritiladi
  3. To‘lagan mijoz CRM da hali “to‘lamagan” bo‘lib turadi
  4. Dala xodimlari tizimga kechqurun yozadi

Nima olasiz

  • Buyurtma 1C ga

    Ilovadagi buyurtma admin panelda va 1C da o‘zi paydo bo‘ladi.

    ONUR admin paneli: buyurtma tafsiloti, holati va 1C ID, ilovada xaridorning buyurtmalari
  • Odoo bilan agent

    Tashrif natijasi va rasmlar Odoo ga tushadi.

    DeepVision ilovasi: tashrif natijasi va izohi, yonida bugungi tashriflar rejasi
  • Aloqa uzilsa

    Yozuv navbatda kutadi, aloqa qaytganda Odoo ga ketadi.

    DeepVision ilovasi: internetsiz boshlangan tashriflar aloqa qaytgach sinxronlanadi

Shu yerda qurdik

  • ONUR admin panelidagi mijozlar boshqaruvi, ilovaning bosh sahifasi va katalogi

    ONUR

    Ilovadan kelgan buyurtma 1C da o‘zi paydo bo‘ladi.

    • 1C bilan har 30 s
    • 4 tilda
    • iOS va Android
  • DeepVision agent ilovasi: lidlar, jarayondagi tashrif va buyurtmalar

    DeepVision

    Tashrif va lid internetsiz yoziladi, keyin Odoo ga o‘zi tushadi.

    • Rasm va video hisobot
    • Fon rejimida GPS
    • Oflayn navbat

Qanday ulanadi

Yurtal qurganMijozning tizimi yoki tashqi xizmat

Biz qurgan ilovalar

  • Mijoz yoki agent ilovasiiOS, Android
  • Admin panelveb

Biz qurgan backend

  • Integratsiya backendinavbat, qayta urinish, almashuv jurnali

Ulangan tizimlar

  • 1Ckatalog, narx, qoldiq, buyurtma, mijoz, to‘lov
  • Odoomijoz, buyurtma, tashrif
  • amoCRMlid, guruh, izoh
  • Click, Payme, Paynetto‘lov va tasdiq

Qanday boshlaymiz

  1. 1-kun

    Qo‘ng‘iroq va NDA

    Mavjud tizimdagi ko‘rsatkichlar (Maton admin paneli)
  2. 3–5-kun

    Diagnostika

    Buyurtmalar va 1C raqami bo‘yicha qidiruv (ONUR admin paneli)
  3. 7-kun

    Taklif

    Vazifa: mas’ul, boshlanish va tugash sanasi (Trest 12 ilovasi)
  4. 14-kun

    Start

    Bosqichlar ro‘yxati va bajarilishi (Blitz darslari)

Narx tizimlar soniga va almashinadigan ma’lumotga bog‘liq. Bunday loyihalar byudjeti o‘rtacha 10 000 $ dan, kichik MVP loyihalar 5 000 $ dan boshlanadi.

Jarayon haqida batafsil

Savollar

  • 1C, Odoo yoki amoCRM ni almashtirish kerakmi?

    Yo‘q. Tizimingiz o‘z joyida qoladi, hisob 1C yoki Odoo da yuritilaveradi. Biz ular orasidagi ma’lumot oqimini va xodim yoki mijoz ishlaydigan ilovani quramiz.

  • 1C bilan aloqa uzilsa nima bo‘ladi?

    Buyurtma yo‘qolmaydi: u backenddagi navbatda turadi va aloqa tiklanganda yuboriladi. Har yozuv bir necha marta qayta yuboriladi, admin navbatni panelda ko‘radi va kerak bo‘lsa qo‘lda yuboradi.

  • amoCRM ni 1C bilan ulash mumkinmi?

    Ha, ikkala tizimda ham API bor. Bizda 1C bilan (ONUR) va amoCRM bilan (Blitz) ishlangan loyihalar bor. Ikkalasini bitta oqimga ulash diagnostikada ma’lumot jadvali bilan rejalashtiriladi.

  • Odoo ning o‘z interfeysi telefonda ochiladi-ku, ilova nega kerak?

    Internetsiz ishlash, fon rejimida GPS va agent uchun qisqa ekranlar kerak bo‘lganda alohida ilova kerak bo‘ladi. DeepVision ilovasi shu talablar bilan qurilgan. Agentlar uchun alohida sahifa: savdo agentlari ilovasi.

Batafsil

Qayerda vaqt yo‘qoladi

1C, Odoo yoki amoCRM ni almashtirmaymiz, ularni bir-biriga va yangi ilovaga ulaymiz. Mijoz yoki agent telefonda katalog, narx va qoldiqni ko‘radi va buyurtma beradi, buyurtma 1C ga o‘zi tushadi. Lid, hisob va to‘lov tizimlar orasida o‘zi yuradi, hech kim uni qo‘lda ko‘chirmaydi.

Hisob 1C da yuritiladi, lekin mijoz unga kira olmaydi. Narx, qoldiq yoki buyurtma holatini bilish uchun u menejerga qo‘ng‘iroq qiladi yoki Telegram’ga yozadi. Menejer 1C ni ochib javob beradi, keyin buyurtmani o‘zi kiritadi. Har qo‘lda kiritilgan qator xato ehtimolini oshiradi.

Sotuv bo‘limi amoCRM da, hisob 1C yoki Odoo da ishlaydi. Mijoz to‘lagandan keyin uni boshqa tizimga kimdir qo‘lda kiritadi, bitta mijoz ikki joyda ikki xil yoziladi va oy oxirida farqni qo‘lda solishtirasiz.

Nima quramiz

Ikki turdagi ish: tizimlar orasidagi ma’lumot oqimi va mavjud tizim ustida mijoz yoki xodim uchun ilova. Ikkalasi ham backend orqali quriladi, tizimlaringiz o‘z joyida qoladi.

  1. 01

    Katalog 1C dan

    Toifa, mahsulot, rasm, narx turlari va ombor qoldig‘i 1C dan keladi. Mahsulotni 1C ga kiritsangiz, u ilovada o‘zi chiqadi. Har mijoz o‘ziga belgilangan narx turini ko‘radi.

  2. 02

    Buyurtma 1C ga

    Buyurtma, mijoz va to‘lov 1C ga tushadi, buyurtma holati 1C dan qaytadi. Rasmiylashtirishda qoldiq tekshiriladi va mahsulot band qilinadi. Menejer buyurtmani qaytadan kiritmaydi.

  3. 03

    Aloqa uzilsa ham yo‘qolmaydi

    1C bilan aloqa uzilsa, buyurtma navbatda kutadi va qayta yuboriladi. Admin navbatni va almashuv jurnalini panelda ko‘radi. ONUR ilovasida almashuv har 30 soniyada ishlaydi, har yozuv 5 martagacha qayta yuboriladi.

  4. 04

    Odoo ustida mobil ilova

    DeepVision uchun agent ilovasi Odoo dagi mobil API moduli bilan ishlaydi: tashrif, lid, joylashuv, mijoz, mahsulot, narx va buyurtma. Ma’lumot Odoo da qoladi, agentlar uchun alohida baza yo‘q.

  5. 05

    amoCRM dan hisob tizimiga

    Blitz o‘quv markazida lid amoCRM da turadi. U to‘lov qilganda tizim uni amoCRM kartasida tanlangan guruhga o‘zi yozadi. Guruhlar ro‘yxati amoCRM ga har soatda yangilanadi.

  6. 06

    To‘lov tizimlari

    Click, Payme, Paynet va Multicard to‘lovlari hisobga o‘zi tushadi va muntazam solishtiriladi. Blitz da Payme to‘lovlari har 5 daqiqada tekshiriladi.

Qanday ulanadi

Ilova va tizimlar bir-biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanmaydi. Oraliqda backend turadi: u 1C yoki Odoo dagi o‘zgarishlarni oladi, kerakli shaklga keltiradi va buyurtmani navbat bilan qaytaradi. 1C bir muddat javob bermasa ham ilova ishlayveradi, yozuv keyin yetib boradi va jurnalda ko‘rinadi.

1C tomonida qaysi ma’lumot qaysi yo‘l bilan olinishini diagnostikada 1C dasturchingiz bilan birga kelishamiz.

Qayerda qilganmiz

Biri 1C bilan ikki tomonlama, ikkinchisi Odoo ustida. amoCRM bilan ulanish Blitz loyihasida qilingan.

  • ONUR: Santexnika distribyutori uchun xaridor ilovasi va admin panel. Katalog, narx turlari va qoldiq 1C dan keladi, buyurtma, mijoz va to‘lov 1C ga ketadi. Qisman qaytarishda buyurtma 1C bilan qayta solishtiriladi.
  • DeepVision: Odoo ustida dala agentlari ilovasi: Odoo dagi mobil API moduli, 20 ga yaqin so‘rov turi, internetsiz navbat. Sozlamalar (masalan GPS oralig‘i) Odoo dan olinadi.

Qanday boshlaymiz

Diagnostikada 1C konfiguratsiyangizni va boshqa tizimlarni ko‘ramiz va qaysi ma’lumot qaysi tomonga ketishini jadval qilib yozamiz: qaysi tizim asosiy, qaysi biri nusxa, buyurtma 1C da qaysi hujjatga aylanadi. Bu jadval yozma taklifning bir qismi bo‘ladi. Har bosqichda nima olishingiz ishlash tartibimizda yozilgan.

Narx

Narx tizimlar soniga va ularning API imkoniyatiga, ma’lumot bir yoki ikki tomonga ketishiga va ustida ilova kerakligiga bog‘liq. Bir tomonlama oddiy oqim (masalan to‘lovdan keyin lidni yopish) ikki tomonlama sinxrondan ancha kichik ish.

Narxga nima ta’sir qiladi

  • Ulanadigan tizimlar soni va ularning API si
  • 1C dan olinadigan va qaytariladigan ma’lumot hajmi
  • Bir yoki ikki tomonlama oqim
  • Ustida mijoz yoki xodim ilovasi kerakmi

Formada taxminiy byudjetni belgilasangiz, qo‘ng‘iroqda shunga mos variantni ko‘rib chiqamiz.

Savollar

  • Integratsiya buzilsa kim tuzatadi?

    Ishga tushgandan keyingi qo‘llab-quvvatlash va uning shartlari alohida kelishiladi.

  • Qaysi tizimlar bilan ishlagansiz?

    1C (ONUR), Odoo (DeepVision), amoCRM (Blitz), Hikvision Face ID (Blitz), Click va Payme (Blitz, Maton), Paynet (Blitz), Multicard (ONUR).

Bepul konsultatsiya