1C bilan ikki tomonlama sinxron
Ilovadan kelgan buyurtma admin panelda va 1C da o‘zi paydo bo‘ladi. Aloqa uzilsa, buyurtma navbatda kutadi.
- Almashuv har 30 soniyada
- Har yozuv 5 martagacha qayta yuboriladi
- Rasmiylashtirishda qoldiq band qilinadi

Katalog, narx va qoldiq 1C dan keladi, buyurtma 1C ga o‘zi tushadi.
Asosiy raqamlar

Xaridor uchun ilova, ONUR jamoasi uchun admin panel va 1C bilan ishlaydigan backend qurdik.

Ilovadan kelgan buyurtma admin panelda va 1C da o‘zi paydo bo‘ladi. Aloqa uzilsa, buyurtma navbatda kutadi.

Xaridor mahsulot nomini aytadi yoki ro‘yxat rasmini, PDF yoki DOCX yuboradi. AI katalogdan mos mahsulotni topadi.

Promokod, Yandex xaritasida manzil, karta bilan to‘lov va Yandex yetkazish. Holat o‘zgarsa push xabar keladi.

Buyurtma, yetkazish hududlari, banner va promokodlarni ONUR jamoasi o‘zi boshqaradi.



Ilova va admin panel faqat backend bilan ishlaydi, tashqi tizimlarga backend ulanadi.
Yurtal qurganMijozning tizimi yoki tashqi xizmat
Biz qurgan ilovalar
Biz qurgan backend
Ulangan tizimlar
Ilova, admin panel va 1C almashuvi qurilgan. Shu backendga keyinchalik savdo agentlari yoki ulgurji mijozlar uchun ilova ulanishi mumkin.

Ilova, admin panel, 1C almashuvi, to‘lov va AI qidiruv o‘rta yoki yirik hajmdagi loyiha: odatda 1–2 oydan 3–6 oygacha. Aniq muddatni diagnostikadan keyin bosqichlar bo‘yicha aytamiz.
Platformalar soni (iOS, Android, admin panel), integratsiyalar (1C, karta to‘lovi, Yandex xarita va yetkazish) va AI qidiruv. Narxni diagnostikadan keyin bosqichlar bo‘yicha aytamiz.
Hisob 1C da qoladi: katalog, narx va qoldiq 1C dan o‘qiladi, buyurtma va to‘lov 1C ga yoziladi. Almashuv navbat orqali ishlaydi: aloqa uzilsa, yozuv navbatda kutadi va 5 martagacha qayta yuboriladi, admin navbatni ko‘rib turadi.
Ha. Shu backendga savdo agentlari yoki ulgurji mijozlar uchun ilova ulanishi mumkin, 1C almashuvini qaytadan yozish shart emas.
Qaysi tizimlarda ishlashingizni va qayer qo‘lda qolayotganini yozing. Qo‘ng‘iroqda qaysi qismidan boshlash foyda berishini aytamiz.
+998 99 2222-0-66[email protected]
Barcha keyslar