Foydalanish shartlari
yurtal.io saytidan foydalanish shartlari: saytdagi ma’lumotlar, keyslar, intellektual mulk va javobgarlik.
Tahrir sanasi: 19.11.2026
1. Umumiy qoidalar
yurtal.io sayti Yurtal kompaniyasiga tegishli. Saytdan foydalanish shu shartlarga roziligingizni bildiradi.
2. Saytdagi ma’lumotlar
Xizmatlar tavsifi, keyslar va raqamlar tanishish uchun berilgan. Keyslardagi natijalar aniq mijozlar loyihalariga tegishli; boshqa biznesda natija jarayon va boshlang‘ich holatga qarab farq qiladi. Ekranlarda demo ma’lumot ko‘rsatilgan.
Narx, muddat va ish hajmi har bir loyiha uchun alohida shartnomada belgilanadi.
3. Intellektual mulk
Sayt matnlari, dizayni, Yurtal logotipi va maqolalari Yurtal ga tegishli; ulardan manbani ko‘rsatmasdan tijoriy maqsadda foydalanish mumkin emas.
1C, Odoo, amoCRM va boshqa nomlar o‘z egalarining savdo belgilari. Mijozlar nomi va logotiplari ularning roziligi bilan ko‘rsatiladi.
4. Formalar
Formalarda o‘zingiz haqingizda to‘g‘ri ma’lumot kiriting. Spam, avtomatik yuborish va boshqa shaxs nomidan so‘rov qoldirish taqiqlanadi.
5. Tashqi havolalar
Saytda Telegram, Instagram, LinkedIn va boshqa xizmatlarga havolalar bor. Ularning ishlashi va maxfiylik siyosati uchun o‘sha xizmatlar javob beradi.
6. Javobgarlik
Saytdagi ma’lumot asosida qabul qilingan biznes qarorlari uchun Yurtal javobgar emas: aniq yechim diagnostika va shartnoma asosida taklif qilinadi.
7. Qonunchilik va nizolar
Shartlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga bo‘ysunadi. Nizolar muzokara yo‘li bilan, kelishilmasa — Toshkent shahridagi vakolatli sudda hal qilinadi.
