Asosiy matnga o‘tish

Biznes uchun mobil ilova yaratish: iOS va Android

iOS va Android ilova, admin panel va backend bilan birga.

Bepul diagnostika qo‘ng‘irog‘i
Trest 12 ilovasi: nazoratchi kamchilikni rasmga olib vazifa ochadi

Biznes uchun mobil ilova — mijoz, agent, xodim yoki o‘quvchi ishlatadigan iOS va Android ilova, admin panel va backend bilan birga. U mavjud 1C, Odoo yoki CRM ga ulanadi, ma’lumot qo‘lda ko‘chirilmaydi. Shunday ilovalarni ONUR, Blitz, Trest 12 va DeepVision uchun qurganmiz.

Tanish holatlar

  1. Buyurtma yoki so‘rov Telegram va telefon orqali keladi va qayta kiritiladi
  2. Mijoz narx, holat yoki jadvalni so‘rab qo‘ng‘iroq qiladi
  3. Dala xodimlari natijani kechqurun ofisda yozadi
  4. Tayyor ilova jarayoningizga sig‘may qoldi

Nima olasiz

  • Agent ilovasi

    Mijozlar Odoo dan, yakunlangan tashrif natija va fayllari bilan.

    DeepVision ilovasi: yakunlangan tashriflar va Odoo dan olingan mijozlar ro‘yxati
  • Uchta ilova, bitta tizim

    O‘quvchi, ustoz va ota-ona har biri o‘z ilovasida.

    Blitz o‘quvchi ilovasi: darslar ro‘yxati va dars mashqlari
  • Nazorat ilovasi

    Nazoratchi kamchilikni rasm, mas’ul va muddat bilan ochadi.

    Trest 12 ilovasi: blokdagi vazifalar va mas’ulga kelgan bildirishnomalar

Shu yerda qurdik

  • ONUR admin panelidagi mijozlar boshqaruvi, ilovaning bosh sahifasi va katalogi

    ONUR

    Ilovadan kelgan buyurtma 1C da o‘zi paydo bo‘ladi.

    • 1C bilan har 30 s
    • 4 tilda
    • iOS va Android
  • Blitz admin paneli bosh ekrani, o‘quvchi ilovasi va ustozning davomat ekrani

    Blitz

    Jadval, davomat, to‘lov va natija bitta tizimda.

    • Hikvision Face ID
    • Ovozli AI ustoz
    • 1 yil birga

Qanday ulanadi

Yurtal qurganMijozning tizimi yoki tashqi xizmat

Biz qurgan ilovalar

  • Mobil ilovaiOS, Android (Flutter)
  • Admin panelveb

Biz qurgan backend

  • Backendfoydalanuvchi, rol, buyurtma, fayl, rasm, xabarlar

Ulangan tizimlar

  • To‘lov tizimiClick, Payme, karta
  • Push xabarlarFirebase
  • 1C, Odoo yoki CRMkerak bo‘lsa

Qanday boshlaymiz

  1. 1-kun

    Qo‘ng‘iroq va NDA

    Mavjud tizimdagi ko‘rsatkichlar (Maton admin paneli)
  2. 3–5-kun

    Diagnostika

    Buyurtmalar va 1C raqami bo‘yicha qidiruv (ONUR admin paneli)
  3. 7-kun

    Taklif

    Vazifa: mas’ul, boshlanish va tugash sanasi (Trest 12 ilovasi)
  4. 14-kun

    Start

    Bosqichlar ro‘yxati va bajarilishi (Blitz darslari)

Narx ilovalar, rollar va ulanishlar soniga bog‘liq. Bunday loyihalar byudjeti o‘rtacha 10 000 $ dan, kichik MVP loyihalar 5 000 $ dan boshlanadi.

Jarayon haqida batafsil

Savollar

  • iOS va Android uchun alohida ilova qilasizmi?

    Bitta kod bazasida quramiz (Flutter), ilova ikkala platformada ishlaydi. Ikkala versiya bir vaqtda yangilanadi, alohida ikki jamoa kerak bo‘lmaydi.

  • Ilova uchun 1C yoki CRM shartmi?

    Yo‘q. Blitz va Trest 12 ilovalari o‘z backendi bilan ishlaydi. Hisob tizimingiz bo‘lsa, ilova unga ulanadi: ONUR ilovasi 1C bilan, DeepVision ilovasi Odoo bilan. Batafsil: 1C, Odoo va amoCRM integratsiyasi.

  • Ilova internetsiz ishlaydimi?

    Kerak bo‘lsa, ha. DeepVision agent ilovasida tashrif, rasm, lid va GPS nuqtalari telefonda navbatga yoziladi va aloqa qaytganda yuboriladi. Qaysi amallar internetsiz ishlashi kerakligini diagnostikada hal qilamiz.

  • Kod va ilova kimga tegishli bo‘ladi?

    Kod, hujjatlar va intellektual mulk kimga tegishli ekani shartnomada kelishiladi. Trest 12 ilovasi mijozning o‘z serverida ishlaydi.

Batafsil

Qayerda vaqt yo‘qoladi

Mijoz, agent, xodim yoki o‘quvchi uchun iOS va Android ilova yaratamiz. Ilova bilan birga jamoangiz ishlaydigan admin panel va backend ham quriladi: buyurtma, vazifa yoki to‘lov ilovadan to‘g‘ri kerakli joyga tushadi. Kerak bo‘lsa, ilova mavjud 1C, Odoo yoki CRM ga ulanadi.

Mijoz buyurtmani Telegram’da yoki telefonda beradi, xodim uni qayta yozadi. Ustoz davomatni daftarga, nazoratchi kamchilikni chatga yozadi. Ma’lumot bor, lekin u har xil joyda va kimdir uni qo‘lda yig‘ishi kerak.

Konstruktorda yig‘ilgan tayyor ilova birinchi oylarda yordam beradi, keyin jarayoningizga sig‘may qoladi: kerakli rol, to‘lov tizimi yoki hisob tizimi bilan ulanish yo‘q. Ilova boshqa kompaniya xizmatida turadi va uni o‘zingiz o‘zgartira olmaysiz.

Nima quramiz

Mobil ilova uch qismdan iborat: telefon uchun ilova, jamoangiz uchun veb admin panel va ular orasidagi backend. Uchalasini bitta jamoa quradi va sizga topshiradi.

  1. 01

    Mijoz ilovasi

    Katalog, narx, savat, to‘lov va buyurtma holati. ONUR ilovasida xaridor santexnika mahsulotini nom, ovoz yoki rasm bo‘yicha topadi, karta bilan to‘laydi va buyurtma holatini push xabardan biladi.

  2. 02

    Agent va dala xodimi ilovasi

    Xodim tashrif, rasm va lidni telefonda yozadi, internet yo‘q joyda yozuv navbatda kutadi. DeepVision agent ilovasi shunday ishlaydi: aloqa qaytganda ma’lumot Odoo ga o‘zi tushadi.

  3. 03

    Nazorat ilovasi

    Nazoratchi kamchilikni kamera bilan suratga oladi, mas’ul va muddatni belgilaydi, usta tuzatganini rasm bilan bildiradi. Trest 12 sifat nazorati ilovasidan 120 ga yaqin xodim foydalanadi.

  4. 04

    Bitta tizimda bir nechta ilova

    Blitz o‘quv markazi uchun o‘quvchi, ustoz va ota-ona ilovalari bitta backendda ishlaydi: to‘lov, davomat va natija uchala ilovada bir xil ko‘rinadi. Ota-ona farzandini QR kod bilan qo‘shadi va davomat haqida xabar oladi.

  5. 05

    Til, xabarlar va yangilanish

    ONUR ilovasi o‘zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tilida ishlaydi. Push xabarlar Firebase orqali keladi. Trest 12 ilovasi majburiy yangilanishni tekshiradi: eski versiya bilan ishlab bo‘lmaydi, hamma bir xil qoidalar bilan ishlaydi.

  6. 06

    Admin panel

    Buyurtmalar, foydalanuvchilar, kontent, banner va hisobotlar veb panelda. Har xodim faqat o‘z bo‘limini ko‘radi. Ilovadagi har o‘zgarish panelda darhol ko‘rinadi.

Qanday ulanadi

Ilova ma’lumotni o‘zida saqlamaydi, u backend bilan ishlaydi. Backend foydalanuvchi, ruxsat va buyurtmalarni yuritadi, to‘lov tizimi va push xabarlar bilan, kerak bo‘lsa 1C yoki Odoo bilan ma’lumot almashadi. Admin panel ham shu backendga ulanadi.

Ilovalarni Flutter da quramiz: iOS va Android uchun bitta kod bazasi. ONUR, Blitz, Trest 12 va DeepVision ilovalari shunday qurilgan.

Qayerda qilganmiz

Xaridor uchun ilova va bitta backenddagi uchta ilova.

  • ONUR: Santexnika distribyutori uchun xaridor ilovasi: katalog, AI qidiruv, savat, to‘lov va yetkazish. Ilova bilan birga admin panel va 1C bilan sinxron backend qurilgan.
  • Blitz: O‘quv markazi uchun o‘quvchi, ustoz va ota-ona ilovalari va admin panel. O‘quvchi ilovasida dars videolari, mashqlar, ovozli suhbat va AI ustoz bor.

Qanday boshlaymiz

Diagnostikada ilovadan kim foydalanishini va u qaysi ishni qisqartirishi kerakligini aniqlaymiz: mijoz buyurtmasi, xodim hisoboti yoki o‘quvchi to‘lovi. Birinchi versiyaga shu asosiy jarayon kiradi, qolgani keyingi bosqichlarga o‘tadi. Diagnostika, taklif va start tartibi: ish jarayoni.

Narx

Narx ilovalar soniga (faqat mijoz ilovasi yoki xodim ilovasi ham), ekranlar va rollar soniga, to‘lov va boshqa tizimlar bilan ulanishga bog‘liq. Diagnostikadan keyin har bosqich uchun alohida narx beramiz.

Narxga nima ta’sir qiladi

  • Ilovalar va rollar soni
  • Admin panel hajmi
  • To‘lov, xarita, SMS va push ulanishlari
  • 1C, Odoo yoki CRM bilan almashuv

Formada taxminiy byudjetni belgilasangiz, qo‘ng‘iroqda shunga mos variantni ko‘rib chiqamiz.

Savollar

  • Ishga tushgandan keyin ilovani kim rivojlantiradi?

    Ishga tushgandan keyingi qo‘llab-quvvatlash va uning shartlari alohida kelishiladi. Blitz tizimi bir yil davomida bosqichma-bosqich kengaydi.

Bepul konsultatsiya