Agent buyurtmasi
Agent do‘konda savatni to‘ldiradi, ofis buyurtmani qayta yozmaydi.

Buyurtma agentdan yoki mijozdan bir marta kiritiladi va 1C yoki Odoo ga o‘zi tushadi.
Bepul diagnostika qo‘ng‘irog‘i
Agent do‘konda savatni to‘ldiradi, ofis buyurtmani qayta yozmaydi.

Tashrif natijasi va rasmlar rahbarga ko‘rinadi.

Yozuv telefonda kutadi, aloqa qaytganda o‘zi yuboriladi.



Tashrif va lid internetsiz yoziladi, keyin Odoo ga o‘zi tushadi.
Yurtal qurganMijozning tizimi yoki tashqi xizmat
Ilova
Ilova ichida
Hisob tizimi
1-kun

3–5-kun

7-kun

14-kun

Narx ilovalar, rollar va ulanadigan tizimlar soniga bog‘liq.
Jarayon haqida batafsilBuyurtma agentdan, mijozdan yoki menejerdan kelsa ham bir marta kiritiladi va 1C yoki Odoo ga o‘zi tushadi. Narx va qoldiq hamma joyda bir xil, rahbar savdo va tashriflarni hisobot kutmasdan ko‘radi.
Distribyutor kompaniyada bitta buyurtma bir necha qo‘ldan o‘tadi: agent yozadi, operator kiritadi, omborchi yig‘adi, hisobchi solishtiradi. Har o‘tishda vaqt ketadi va xato kiradi. Hisob tizimi odatda bor, ko‘pincha 1C. Muammo tizimda emas, uning atrofidagi qo‘l mehnatida.
Biz 1C yoki Odoo ni almashtirmaymiz. Uning ustiga agent, mijoz va rahbar uchun ilova quramiz va ularni hisob tizimiga ulaymiz. Tayyor distribyutsiya platformasidan farqi: dastur jarayoningizga moslashadi, ma’lumot esa o‘z tizimingizda qoladi.
Agent buyurtmani daftar yoki Telegram’ga yozadi, ofisda operator uni 1C ga qayta kiritadi. Miqdor yoki narxdagi xato omborda yoki mijozda bilinadi.
Ulgurji mijoz narx, qoldiq va buyurtma holatini menejerdan so‘raydi. Menejerning kuni shu savollarga ketadi, prays-list esa tarqatilgan kuniyoq eskiradi.
Rahbar agent qaysi nuqtalarga borganini, qayerda rad javobi olganini va nega ekanini bilmaydi. Baho faqat buyurtma summasi bo‘yicha qo‘yiladi.
Viloyat va bozorlarda aloqa uziladi. Faqat onlayn ishlaydigan ilova bu yerda yordam bermaydi, agent yana qog‘ozga qaytadi.
Kunlik savdo, qarzdorlik va qoldiq hisoboti qo‘lda yig‘iladi. Qaror bir-ikki kun oldingi raqamlar bilan qabul qilinadi.
Ulangan tizimlar: 1C (ONUR), Odoo (DeepVision), Multicard to‘lovi va Yandex yetkazish (ONUR). Yog‘och savdosi bilan shug‘ullanadigan kompaniyaning ikki do‘koni uchun daftar o‘rniga savdo tizimi ham qurganmiz.
Ko‘pincha birinchi bosqich ikki ilovadan biri bo‘ladi: agent ilovasi yoki mijoz ilovasi. Qaysi biri ko‘proq qo‘l ishini olib tashlashini diagnostikada sanab chiqamiz: kuniga nechta buyurtma qayta kiritiladi va menejerga narx yoki qoldiq so‘rab nechta qo‘ng‘iroq keladi. Ikkinchi ilova keyin o‘sha backend va o‘sha 1C almashuviga ulanadi, bu qism qaytadan qurilmaydi. ONUR loyihasi shu tartibda: avval xaridor ilovasi, backend esa keyingi ilovalar uchun ham asos. Qo‘ng‘iroqda nima bo‘lishi bepul diagnostika sahifasida.
Diagnostikada shu ko‘rsatkichlarning hozirgi qiymatini yozib olsangiz, ishga tushgandan keyin solishtirish oson bo‘ladi.
Qo‘ng‘iroqda buyurtma agentdan omborgacha qanday yurishini va qayerda qayta kiritilishini aniqlaymiz.
