Asosiy matnga o‘tish

Odoo bilan ishlaydigan dala agenti ilovasi

Dala agentlari uchun Odoo ilovasi: tashrif, lid va buyurtma, internetsiz ham.

Mijoz
DeepVision
Soha
Dala savdosi
Muddat
3 oy: fevral–aprel 2026

Asosiy raqamlar

navbat yuborish davri
20 s
GPS oralig‘i (sozlanadi)
1 daq
Odoo so‘rov turi
~20
DeepVision ilovasi: agent katalogdan mahsulot tanlaydi va sonini kiritadi
Soha
Odoo integratori, dala savdosi
Platformalar
iOS, Android
Integratsiya
Odoo, mobil API moduli
Muddat
2026 yil, fevral–aprel

Vazifa

  1. Agent rejadagi manzilga boradi va tashrif natijasini rasm va video bilan yozadi.
  2. Internet bo‘lmagan joyda ham ish to‘xtamasin: tashrif, lid va rasm keyin yuborilsin.
  3. Hamma ma’lumot DeepVision mijozining Odoo tizimida qolsin, alohida baza ochilmasin.

Yechim

Flutter’da ilova qurdik. Agent yozgan hamma narsa avval telefonda saqlanadi, keyin Odoo ga ketadi. Odoo o‘z joyida qoladi, alohida tizim ochilmaydi.

DeepVision agent ilovasi: lidlar, jarayondagi tashrif va buyurtmalar
  • Tashrif: reja, boshlash, natija

    Agent rejadagi va rejadan tashqari tashrifni boshlaydi, natijani tanlaydi va kameradan yoki galereyadan rasm yoki video biriktiradi.

    DeepVision ilovasi: tashrif natijasi va izohi, yonida bugungi tashriflar rejasi
  • Internetsiz ishlash va GPS

    Tashrif, lid, rasm va joylashuv telefondagi navbatda turadi va aloqa qaytganda Odoo ga ketadi. Joylashuv fon rejimida yuboriladi.

    DeepVision ilovasi: internetsiz boshlangan tashriflar aloqa qaytgach sinxronlanadi
  • Mijozlar va yakunlangan tashriflar

    Mijozlar ro‘yxati Odoo dan olinadi. Yakunlangan tashrifni keyin ham ochib, natija va yuklangan fayllarni ko‘rish mumkin.

    • Holatlar: rejada, jarayonda, bajarildi, bekor qilindi
    • Kirish telefon raqami va PIN kod bilan
    • Token himoyalangan xotirada saqlanadi
    DeepVision ilovasi: yakunlangan tashriflar va Odoo dan olingan mijozlar ro‘yxati
  • Lid va buyurtma

    Agent yangi lid ochadi, mijozni tanlaydi, mahsulotni qidiradi va savat orqali buyurtma beradi. Buyurtma Odoo da ochiladi va agent ro‘yxatida turadi.

    • Mijoz, mahsulot va narx Odoo dan olinadi
    • Lidlar internetsiz ham yoziladi
    • Agent o‘z buyurtmalari tarixini ko‘radi
    DeepVision ilovasi: do‘kon savati va savdo buyurtmasi
DeepVision ilovasi: tashrif tafsiloti, tashrif rasmlari va buyurtmalar
DeepVision ilovasi: buyurtmalar ro‘yxatida do‘kon, sana va summa
Yaqindan: buyurtma do‘kon, sana va summa bilan

Integratsiya sxemasi

Ilova bitta tizim bilan ishlaydi: Odoo. Oradagi navbat aloqa uzilganda ma’lumotni saqlab turadi.

Yurtal qurganMijozning tizimi yoki tashqi xizmat

Ilova

  • Agent ilovasiiOS, Android

Ilova ichida

  • Telefon bazasi va navbatqayta urinish, holat

Mijozning tizimi

  • Odootashrif, lid, buyurtma
Texnik tafsilotlar va stack
Mobil ilova
Flutter, Riverpod, Bloc, go_router, Dio
Oflayn baza
Drift (SQLite), yuborish navbati va qayta urinish
Joylashuv
fon rejimida GPS, nuqtalarni paket bilan yuborish
Integratsiya
Odoo, mobil API moduli: tashrif, lid, joylashuv, mijoz, mahsulot, narx va buyurtma
Xavfsizlik
telefon va PIN bilan kirish, token himoyalangan xotirada
  • Navbat aloqa qaytganda, har 20 soniyada, ilova ochilganda yoki “Hozir yuborish” bosilganda yuboriladi; xato bo‘lsa oraliq 5 soniyadan 5 daqiqagacha oshadi
  • Buyurtma hozircha faqat internet bilan yuboriladi: uni ham oflayn navbatga qo‘shish keyingi qadam
  • Joylashuv oralig‘i va boshqa sozlamalar Odoo dan olinadi: ularni o‘zgartirish uchun ilovani yangilash shart emas
  • Ilova DeepVision mijozlaridan birida ishlatilmoqda
  • Ekranlar

    Ekranlarda demo ma’lumot: ismlar, telefonlar va narxlar soxta. Ekranlar ilovaning o‘zidan olingan, chizilmagan.

  • DeepVision ilovasi: agent profili

Natija

Ilova DeepVision mijozlaridan birida ishlatilmoqda. Tashriflar, oflayn navbat va GPS birinchi bosqichda, savdo bo‘limi oxirgi bosqichda qo‘shildi. Keyingi qadam: buyurtmani ham oflayn navbatga qo‘shish.

Bu yechim sizga mos, agar

  • Odoo bor, agentlar esa dalada messenjer yoki qog‘oz bilan ishlaydi
  • Agentlar internet yomon joylarda va yo‘lda ko‘p yuradi
  • Lid va buyurtma Odoo ga qo‘lda kiritilmasin
  • Rahbar agent qayerda ekanini ko‘rishi kerak
Bekzod Rahmonali
Bekzod RahmonaliCEO

Savollar

  • Ilova qancha vaqtda qurildi?

    2026 yil fevral–aprel, ikki bosqichda: avval tashriflar, oflayn navbat va GPS, keyin lid va buyurtma.

  • Narxga nima ta’sir qiladi?

    Oflayn ishlash (navbat va qayta urinish), fon rejimidagi GPS va Odoo bilan almashinadigan so‘rovlar soni (bu yerda 20 ga yaqin tur).

  • Odoo dan tashqari alohida baza ochiladimi?

    Yo‘q. Hamma ma’lumot mijozning Odoo tizimida qoladi. Telefonda faqat yuborish navbati turadi, aloqa qaytganda u Odoo ga ketadi.

  • Keyingi bosqichda nima bor?

    Buyurtmani ham oflayn navbatga qo‘shish: hozir buyurtma faqat internet bilan yuboriladi.

Sizda ham shunday jarayon bormi?

Qaysi tizimlarda ishlashingizni va qayer qo‘lda qolayotganini yozing. Qo‘ng‘iroqda qaysi qismidan boshlash foyda berishini aytamiz.

+998 99 2222-0-66[email protected]

Barcha keyslar

So‘rov qoldiring

Majburiy maydonlar: ism, telefon va soha.

5 savol · 1 daqiqa · 24 soatda javob1 / 5
Kompaniyangiz qaysi sohada?

Ma’lumotingiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.

Bepul konsultatsiya