Kompaniya sayti
Loyihalar, yangiliklar va bo‘sh ish o‘rinlari uch tilda, admin paneldan.

Tez ochiladigan ko‘p tilli sayt. Kontentni o‘zingiz yangilaysiz.
Bepul diagnostika qo‘ng‘irog‘i
Tez ochiladigan ko‘p tilli sayt, onlayn do‘kon yoki shaxsiy kabinet quramiz, kontentni jamoangiz admin panelda dasturchisiz yangilaydi. So‘rov va to‘lovlar ish jarayoniga ulanadi: masalan, tadbir so‘rovi Telegram ga keladi. Misollar: TRYP mehmonxonasi, Maton do‘koni va Trest 12 sayti.
Loyihalar, yangiliklar va bo‘sh ish o‘rinlari uch tilda, admin paneldan.

Katalog, savat, promokod va Click yoki Payme orqali to‘lov.

Xona, sana va mehmonlar soni tanlanadi, bron Wyndham sahifasida davom etadi.


Xona, restoran va zallarni mehmonxona dasturchisiz o‘zi yangilaydi.

Yurtal qurganMijozning tizimi yoki tashqi xizmat
Biz qurgan ilovalar
Biz qurgan backend
Ulangan tizimlar
1-kun

3–5-kun

7-kun

14-kun

Narx sahifalar, tillar va to‘lov yoki bron ulanishlariga bog‘liq. Byudjet hajmga bog‘liq: korporativ sayt savdo qiladigan platformadan ancha kichik ish.
Jarayon haqida batafsilHa. Trest 12 va TRYP saytlarida matn, rasm, loyiha, xona va bo‘sh ish o‘rinlari admin panelda yangilanadi. Saqlangan o‘zgarish saytga o‘zi chiqadi, dasturchi kerak emas.
Kerakli tillarda. Trest 12 sayti o‘zbek, rus va ingliz tilida. TRYP saytida ingliz tili asosiy, rus va o‘zbek tillari alohida manzillarda, har sahifada hreflang bilan.
Sizga qulay joyga. TRYP saytida so‘rov mehmonxonaning Telegram chatiga keladi, Trest 12 saytida mas’ul xodim pochtasiga, javob to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaatchiga yoziladi.
Ha. Trest 12 sayti kompaniyaning o‘z serverida ishlaydi, yig‘ish va o‘rnatish GitLab CI orqali.
Korporativ sayt, onlayn do‘kon yoki mijoz kabineti quramiz. Sayt telefonda tez ochiladi, bir necha tilda ishlaydi va qidiruv tizimlari uchun to‘g‘ri tuzilgan. Matn, rasm, xona yoki mahsulotni jamoangiz admin panelda dasturchisiz yangilaydi.
Sayt bir marta qilingan va shunday qolgan: yangi loyiha, bo‘sh ish o‘rni yoki narxni qo‘shish uchun dasturchi qidirasiz. Saytdagi ma’lumot eskiradi, mijoz eski narx yoki yopilgan xizmatni ko‘radi.
Saytdan kelgan so‘rov umumiy pochtada qolib ketadi, to‘lov alohida, buyurtma qo‘lda yoziladi. Sayt bor, lekin u kompaniya ishiga ulanmagan.
Uch turdagi ish: kompaniya sayti, savdo qiladigan veb-platforma (do‘kon, bron, kabinet) va ularni boshqaradigan admin panel.
Trest 12 sayti uch tilda: kompaniya tarixi, rahbariyat, loyihalar, yangiliklar, texnika, hujjatlar va bo‘sh ish o‘rinlari. Kontent 30 dan ortiq to‘plamda, kompaniya uni admin panelda o‘zi yangilaydi.
TRYP by Wyndham Tashkent saytida bron kartasi mehmonni xona va sanalar bilan Wyndham bron sahifasiga o‘tkazadi (havola mehmonxonadan kelgach yoqiladi). Tadbir va guruh so‘rovlari mehmonxonaning Telegram chatiga keladi.
Maton do‘konida xaridor futbolka printini brauzerda o‘zi yoki AI yordamida yaratadi va Click yoki Payme orqali to‘laydi. To‘langan buyurtma bosmaga tayyor faylga aylanadi.
Admin panelda saqlangan o‘zgarish saytni o‘zi qayta yig‘adi. TRYP saytida 60 soniya ichidagi o‘zgarishlar bitta yig‘ilishga birlashadi, tayyor bo‘lmagan xona saytga chiqmaydi.
Sahifalar oldindan tayyorlanadi, rasmlar kerakli o‘lchamga kesiladi, shriftlar o‘z serverda. Har tilda alohida manzil, hreflang, sitemap va schema.org ma’lumoti: TRYP saytida Hotel va HotelRoom, Trest 12 saytida Organization.
Sayt va admin panel bitta backend bilan ishlaydi. O‘zgarish saqlanganda backend sayt yig‘ilishini ishga tushiradi, so‘rov Telegram yoki pochtaga, to‘lov to‘lov tizimiga, bron esa tashqi bron sahifasiga ketadi.
TRYP egasining yana ikki kompaniyasi uchun ham sayt qilganmiz: Aist maktabi va Roschmann qurilish kompaniyasi.
Mehmonxona sayti va AI muharrirli onlayn do‘kon.
Diagnostikada sayt nima uchun kerakligini aniqlaymiz: ishonch, so‘rov, bron yoki savdo. Shundan sahifalar ro‘yxati, tillar va admin panelda nima boshqarilishi chiqadi. Keyingi qadamlar: ish jarayoni.
Narx sahifalar va kontent turlari soniga, tillar soniga, do‘kon, to‘lov yoki bron kerakligiga va dizayn hajmiga bog‘liq. Diagnostikadan keyin har bosqich uchun alohida narx beramiz.
Formada taxminiy byudjetni belgilasangiz, qo‘ng‘iroqda shunga mos variantni ko‘rib chiqamiz.
Ha. Maton do‘konida Click va Payme to‘lovi, buyurtma holatini kuzatadigan shaxsiy kabinet va back-office bor. Hisob tizimi bilan ulash kerak bo‘lsa: 1C, Odoo va amoCRM integratsiyasi.
