Rasm yaratish
Xaridor printni so‘z bilan tasvirlaydi, AI uni yaratib kiyimga qo‘yadi.

AI ma’lumotingizdan javob beradi va mahsulotni ovoz yoki rasmdan topadi.
Bepul diagnostika qo‘ng‘irog‘i
AI yordamchi — kompaniya ma’lumotiga ulangan sun’iy intellekt: savolga ma’lumotingiz asosida javob beradi va mahsulotni ovoz, rasm yoki ro‘yxatdan topadi. U alohida chat emas, ishlab turgan ilova yoki tizim ichida ishlaydi. Misollar: ONUR ilovasidagi AI qidiruv va Blitz dagi ovozli AI ustoz.
Xaridor printni so‘z bilan tasvirlaydi, AI uni yaratib kiyimga qo‘yadi.

AI ro‘yxat, PDF yoki ovozdan mos mahsulotni topadi.

Mashq natijasi darhol chiqadi, ovozli ustozga xabar yuborib javobni tinglaydi.

Yurtal qurganMijozning tizimi yoki tashqi xizmat
Biz qurgan ilovalar
Biz qurgan backend
Ulangan tizimlar
1-kun

3–5-kun

7-kun

14-kun

Narx ma’lumot manbalari va AI ishlaydigan joylar soniga bog‘liq. Bunday loyihalar byudjeti o‘rtacha 10 000 $ dan, kichik MVP loyihalar 5 000 $ dan boshlanadi.
Jarayon haqida batafsilChatGPT sizning 1C bazangizni bilmaydi. Yordamchi katalogingiz, narx va qoldiqlaringizga ulanadi va shu ma’lumot asosida javob beradi.
Yordamchi butun bazani modelga yubormaydi: backend savolga kerakli qismini tanlaydi. Qaysi ma’lumot yuborilishi va qaysi model ishlatilishi diagnostikada kelishiladi.
ONUR ilovasida narx va qoldiq AI dan emas, katalogning o‘zidan ko‘rsatiladi. AI so‘rovni tushunadi va mos mahsulotni topadi, buyurtma va to‘lov esa odatdagi tugmalar bilan tasdiqlanadi.
Ha. ONUR ilovasi o‘zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tilida ishlaydi, Blitz dagi AI ustoz nemis tilida suhbat quradi.
Umumiy chat-bot sizning narx va qoldiqlaringizni bilmaydi. Biz AI ni 1C, katalog yoki ichki hujjatlaringizga ulaymiz: u shu ma’lumot asosida javob beradi, mahsulotni ovoz, rasm yoki ro‘yxatdan topadi va xodimning qo‘l ishini qisqartiradi.
Mijoz “shu ro‘yxatdagilar bormi?” deb qo‘lda yozilgan ro‘yxatning rasmini yuboradi. Menejer har qatorni katalogdan qidiradi, nomi boshqacha yozilganlarini taxmin qiladi va narx bilan javob qaytaradi. Bitta ro‘yxatga ancha vaqt ketadi, mijoz esa kutadi.
Ichkarida ham shunday: “kecha qancha sotildi” yoki “qaysi mahsulot kam qoldi” degan savolga javob olish uchun hisobot yig‘ish yoki hisobchini kutish kerak.
AI yordamchi ilova, Telegram yoki veb panel ichida ishlaydi. U faqat siz ruxsat bergan ma’lumotni ko‘radi va javobni shu ma’lumotdan oladi.
Xaridor mahsulot nomini aytadi yoki ro‘yxatning rasmini, PDF yoki DOCX faylini yuklaydi. AI nom va miqdorni ajratadi, katalogdagi mos mahsulotni topadi, aniq mos kelmasa o‘xshashini ko‘rsatadi. ONUR xaridor ilovasidagi qidiruv shunday ishlaydi.
Xodim yoki rahbar oddiy tilda so‘raydi, yordamchi katalog, narx va qoldiqdan javob beradi. Telegram’da 1C ma’lumotidan javob beradigan yordamchi hozir ONUR uchun ishlab chiqilmoqda.
AI ichki qoidalar, yo‘riqnomalar yoki o‘quv materiallaridan qidiradi va javobni shu manbadan beradi. Blitz o‘quv markazida AI ustoz markaz kutubxonasidagi kitoblardan qidiradi, qidiruv vektor bazada ishlaydi.
AI ovozli xabarni tushunadi, javobni ovoz bilan qaytaradi va yozma yoki og‘zaki javobni baholaydi. Blitz ilovasida o‘quvchi AI ustoz bilan nemis tilida mashq qiladi.
Mahsulot uchun rasm ham yaratish mumkin: Maton do‘konida xaridor printni so‘z bilan tasvirlaydi va AI rasm yaratadi, yuklangan rasmning fonini server olib tashlaydi.
Yordamchi bazangizga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirmaydi. Oraliqda backend turadi: u 1C yoki katalogdan savolga kerakli qismini oladi, AI modelga savol bilan birga yuboradi va javobni qaytaradi. Qaysi ma’lumot AI ga berilishini siz belgilaysiz.
ONUR va Blitz loyihalarida Google Gemini modeli ishlatilgan. Model vazifa va narxga qarab tanlanadi.
Xaridor uchun AI qidiruv va o‘quvchi uchun ovozli AI ustoz.
AI loyihasini kichik sinovdan boshlash to‘g‘ri: bitta vazifa (masalan ro‘yxat bo‘yicha qidiruv) va bitta ma’lumot manbai. Natija ko‘ringandan keyin kengaytiramiz. Diagnostika, taklif va startning tartibi: Yurtal bilan ish qanday boshlanadi.
Narx ma’lumot manbalari soniga, qaysi kanalda ishlashiga (ilova, Telegram, veb) va so‘rovlar hajmiga bog‘liq. AI model xizmati (masalan Google Gemini) foydalanishga qarab alohida hisoblanadi.
Formada taxminiy byudjetni belgilasangiz, qo‘ng‘iroqda shunga mos variantni ko‘rib chiqamiz.
ONUR ilovasida AI qidiruv mahsulotni ovoz, rasm yoki ro‘yxat faylidan topadi, Blitz da AI ustoz ovozli mashq beradi. 1C ma’lumotidan Telegram’da javob beradigan yordamchi ONUR uchun ishlab chiqilmoqda.
