Asosiy matnga o‘tish

AI yordamchi

Kompaniya ma’lumotiga ulangan sun’iy intellekt: savolga javob beradi, mahsulotni topadi yoki matnni tahlil qiladi.

Umumiy chat-botdan farqi — AI yordamchi kompaniyaning o‘z katalogi, hujjatlari yoki CRM ma’lumoti bilan ishlaydi. U ovoz, rasm yoki fayldan so‘rovni tushunib, tizimdagi aniq yozuvni qaytaradi.

AI ni alohida mahsulot emas, mavjud jarayonning bir qismi sifatida qo‘shish foydaliroq: masalan, xaridor ro‘yxat rasmini yuboradi, AI mahsulotlarni topadi va ular savatga qo‘shiladi.

Bizning loyihalarda

ONUR ilovasida AI ovoz, rasm yoki ro‘yxatdan katalogdagi mahsulotni topadi, Blitz da ovozli AI ustoz bor. Batafsil: AI yordamchi.

Bepul konsultatsiya