Asosiy matnga o‘tish

ERP tizim ishlab chiqish: jarayoningizga mos ichki boshqaruv tizimi

Vazifa, davomat, to‘lov va hisobot bitta panelda, xodimlar telefonda.

Bepul diagnostika qo‘ng‘irog‘i
Blitz o‘quvchi ilovasi: umumiy, shaxsiy va guruh reytingi, yonida bosh sahifa

ERP va ichki tizim — vazifa, nazorat, davomat, moliya va hisobot bitta joyda yuritiladigan veb panel va xodimlar ilovasi. U tayyor 1C yoki Odoo ga sig‘maydigan jarayonlar uchun kompaniya ishiga mos quriladi. Misollar: Trest 12 sifat nazorati va Blitz o‘quv markazi tizimi.

Tanish holatlar

  1. Bitta ma’lumot uch joyda: Excel, chat va qog‘oz
  2. Muddati o‘tgan ish faqat tekshiruvda bilinadi
  3. Davomat va maosh oy oxirida qo‘lda yig‘iladi
  4. Rahbar hisobotni kutadi, holatni o‘zi ko‘ra olmaydi

Nima olasiz

  • Davomat va to‘lov

    Face ID terminalidan vaqt yoziladi, to‘lagan lid guruhga o‘zi qo‘shiladi.

    Blitz admin paneli: to‘lovlar va Face ID bo‘yicha xodimlar davomati
  • Vazifa rasm bilan

    Rasm, mas’ul, muhimlik va muddat. Mas’ul darhol xabar oladi.

    Trest 12 ilovasi: blokdagi vazifalar va mas’ulga kelgan bildirishnomalar
  • Javob va tasdiq

    Ijrochi rasm yoki fayl qo‘shadi, nazoratchi tekshirib tasdiqlaydi.

    Trest 12 ilovasi: nazoratchiga kelgan javoblar va “Tuzatilgan” holatidagi vazifa

Shu yerda qurdik

  • Trest 12 sayti desktopda va telefonda, yonida ilovadagi boshqaruvlar ro‘yxati

    Trest 12

    Obyektdagi kamchilik, mas’ul va muddat telefonda, bitta joyda.

    • 4 rol
    • Sayt 3 tilda
    • Kompaniya serverida
  • Blitz admin paneli bosh ekrani, o‘quvchi ilovasi va ustozning davomat ekrani

    Blitz

    Jadval, davomat, to‘lov va natija bitta tizimda.

    • Hikvision Face ID
    • Ovozli AI ustoz
    • 1 yil birga

Qanday ulanadi

Yurtal qurganMijozning tizimi yoki tashqi xizmat

Biz qurgan ilovalar

  • Rahbar va admin paneliveb
  • Xodim ilovasiiOS, Android

Biz qurgan backend

  • Backend va bazavazifa, rol, muddat, davomat, to‘lov, hisobot

Ulangan tizimlar

  • Hikvision Face IDHik-Connect yoki ISAPI
  • Click, Payme, Paynetto‘lov va tasdiq
  • 1C yoki amoCRMkerak bo‘lsa
  • Push va SMSFirebase, Eskiz

Qanday boshlaymiz

  1. 1-kun

    Qo‘ng‘iroq va NDA

    Mavjud tizimdagi ko‘rsatkichlar (Maton admin paneli)
  2. 3–5-kun

    Diagnostika

    Buyurtmalar va 1C raqami bo‘yicha qidiruv (ONUR admin paneli)
  3. 7-kun

    Taklif

    Vazifa: mas’ul, boshlanish va tugash sanasi (Trest 12 ilovasi)
  4. 14-kun

    Start

    Bosqichlar ro‘yxati va bajarilishi (Blitz darslari)

Narx modullar, rollar va ulanadigan tizimlar soniga bog‘liq. Bunday loyihalar byudjeti o‘rtacha 10 000 $ dan, kichik MVP loyihalar 5 000 $ dan boshlanadi.

Jarayon haqida batafsil

Savollar

  • Tayyor ERP o‘rniga nega alohida tizim?

    Tayyor tizim jarayoningizni to‘liq qoplasa, shuni oling: bu arzonroq va tezroq. Alohida tizim jarayoningiz tayyor tizim qoidalariga sig‘maganda yoki xodimlarga telefonda oddiy ekran kerak bo‘lganda foyda beradi. Hisob 1C yoki Odoo da qolishi mumkin.

  • Mavjud Hikvision terminallarimizga ulanadimi?

    Blitz loyihasida ustoz va xodimlar davomati Hikvision Face ID terminallaridan Hik-Connect orqali olinadi. Sizdagi model qo‘ng‘iroqda tekshiriladi.

  • Tizim bizning serverda tura oladimi?

    Ha. Trest 12 sayti va sifat nazorati tizimi mijozning o‘z serveriga o‘rnatilgan.

  • Eski tizimdagi ma’lumot nima bo‘ladi?

    Ko‘chiramiz. Blitz ModMe dan o‘quvchilar, balans va to‘lov tarixini alohida ko‘chirish vositasi bilan yangi tizimga o‘tkazgan.

Batafsil

Qayerda vaqt yo‘qoladi

Kompaniyangiz jarayoniga mos ichki boshqaruv tizimini quramiz: vazifa va nazorat, davomat, to‘lov va moliya, jadval va hisobot bitta veb panelda, xodimlar esa telefondagi ilovada ishlaydi. Hisob 1C da qolsa, tizim unga ulanadi.

O‘sib borayotgan kompaniyada har bo‘lim o‘z vositasini topadi: jadval Excel’da, davomat jurnalda, to‘lov alohida dasturda, topshiriq Telegram guruhda. Rahbar “bugun qanday holat” degan savolga javobni bir necha odamdan yig‘adi.

Tayyor tizimda jarayonni tizim qoidalariga moslashtirishga to‘g‘ri keladi. Moslashmasa, xodimlar uni chetlab o‘tib, eski usulda ishlayveradi va tizim faqat hisobot uchun to‘ldiriladi.

Nima quramiz

Butun kompaniyani birdaniga ko‘chirmaymiz. Eng ko‘p qo‘l ishi bo‘lgan jarayondan boshlaymiz va tizimni modul-modul kengaytiramiz. Hamma modul bitta backend va bitta baza bilan ishlaydi.

  1. 01

    Vazifa va sifat nazorati

    Vazifa rasm, mas’ul, muhimlik va muddat bilan ochiladi, ijrochi izoh va rasm bilan javob beradi, nazoratchi tasdiqlaydi. Trest 12 tizimida muddati o‘tgan vazifalar har 20 daqiqada o‘zi topiladi.

  2. 02

    Davomat Face ID dan

    Xodim Hikvision Face ID terminalidan o‘tganda kelgan va ketgan vaqti tizimga yoziladi va admin panelda ko‘rinadi. Blitz o‘quv markazida ustoz va xodimlar davomati shunday olinadi.

  3. 03

    To‘lov, qarzdorlik va maosh

    Blitz admin panelida to‘lov, qarzdorlik, xarajat, maosh va qaytarishlar bitta joyda. To‘lov Click, Payme yoki Paynet orqali o‘zi tushadi, Payme to‘lovlari har 5 daqiqada solishtiriladi.

  4. 04

    Jadval, resurslar va ombor

    Blitz tizimida guruh, xona va dars jadvali, kitob va inventar ombori, imtihonlar va reyting bitta paneldan yuritiladi. Restoran tarmog‘i uchun qilgan tizimimizda ombor, ingredientli retseptlar va filiallar boshqaruvi bor.

  5. 05

    Rollar va ruxsatlar

    Har xodim o‘z ekranini ko‘radi: Trest 12 da texnik nazorat, rahbariyat, pudratchi va usta, Blitz da administrator, ustoz, o‘quvchi va ota-ona. Pudratchi faqat o‘ziga biriktirilgan vazifalarni ko‘radi.

  6. 06

    Rahbar uchun tahlil

    Jami, ochiq va muddati o‘tgan vazifalar, pudratchi va loyiha kesimida grafik, 30 kunlik dinamika. Blitz bosh ekranida markaz yuklamasi, qarz yig‘ish va arxivdagi o‘quvchilar ko‘rinadi.

Qanday ulanadi

Tizim bitta backend va bitta bazada ishlaydi, veb panel va mobil ilovalar unga ulanadi. Terminallar, to‘lov tizimlari va CRM ham shu backendga ulanadi, shuning uchun ma’lumot bir marta kiritiladi. Tizim sizning serveringizda turishi mumkin: Trest 12 tizimi shunday ishlaydi.

Trest 12 da sifat nazorati tizimidan 120 ga yaqin xodim foydalanadi.

Qayerda qilganmiz

Qurilishdagi sifat nazorati va o‘quv markazining butun boshqaruvi.

  • Trest 12: Qurilish kompaniyasi uchun sifat nazorati tizimi: kamchilik rasm bilan, pudratchi javobi, muddat nazorati va rahbariyat tahlili. Tizim mijozning o‘z serverida ishlaydi.
  • Blitz: O‘quv markazi uchun boshqaruv tizimi: jadval, davomat, to‘lov va qarzdorlik, maosh, imtihonlar va ombor bitta admin panelda. Ustoz va xodimlar davomati Face ID dan olinadi.

Qanday boshlaymiz

Diagnostikada bitta bo‘lim yoki filialda ish qanday yurishini yozamiz: kim nima kiritadi, qayerda kechikish bor, rahbar qaysi raqamni ko‘rmaydi. Shundan birinchi modul va keyingi bosqichlar chiqadi. Tartib va muddatlar: qo‘ng‘iroqdan startgacha.

Narx

Narx modullar soniga, rollar va filiallar soniga, terminal, to‘lov va hisob tizimlari bilan ulanishga, tizim qayerda turishiga (sizning serveringiz yoki bulut) bog‘liq. Birinchi modulni kichik qilib, keyin kengaytirish mumkin.

Narxga nima ta’sir qiladi

  • Modullar: nazorat, davomat, moliya, ombor
  • Rollar, filiallar va obyektlar soni
  • Terminal, to‘lov, 1C yoki CRM bilan ulanish
  • Server: sizda yoki bulutda

Formada taxminiy byudjetni belgilasangiz, qo‘ng‘iroqda shunga mos variantni ko‘rib chiqamiz.

Savollar

  • Bitta moduldan boshlasa bo‘ladimi?

    Ha, modullar alohida ishlaydi. Trest 12 bilan ish saytdan boshlangan, keyin sifat nazorati ilovasi qo‘shilgan. Blitz tizimi ham bir yil davomida bosqichma-bosqich kengaygan.

  • Pudratchilar ham tizimdan foydalanadimi?

    Ha. Trest 12 da pudratchi va usta o‘z roli bilan kiradi va faqat o‘ziga biriktirilgan vazifalarni ko‘radi. Vazifa yaratish faqat texnik nazorat va rahbariyatga ruxsat etilgan.

Bepul konsultatsiya