Davomat va to‘lov
Face ID dan davomat, to‘lagan lid guruhga o‘zi qo‘shiladi.

Jadval, davomat, to‘lov va natija bitta tizimda, har kim o‘z ilovasida.
Bepul diagnostika qo‘ng‘irog‘i
Face ID dan davomat, to‘lagan lid guruhga o‘zi qo‘shiladi.

O‘quvchi, ustoz va ota-ona har biri o‘z qismini ko‘radi.

Mashq natijasi darhol, ovozli xabar va javobni tinglash.


Admin panel, o‘quvchi ilovasi, Face ID davomat va ovozli AI ustoz
Nemis tili o‘quv markazi
Yurtal qurganMijozning tizimi yoki tashqi xizmat
Biz qurgan ilovalar
Biz qurgan backend
Ulangan tizimlar
1-kun

3–5-kun

7-kun

14-kun

Narx ilovalar, rollar va ulanadigan tizimlar soniga bog‘liq.
Jarayon haqida batafsilJadval, davomat, to‘lov va qarzdorlik, imtihon natijasi va ustoz maoshi bitta tizimda. O‘quvchi, ustoz va ota-ona har biri o‘z ilovasida kerakli qismni ko‘radi, lid amoCRM dan guruhga o‘zi yoziladi.
Markaz o‘sgan sari Excel, jurnal va alohida dasturlar bir-biriga ulanmay qoladi. Administrator kunining katta qismi to‘lovni tekshirish, ota-onaga yozish va jadvalni o‘zgartirishga ketadi.
Tayyor o‘quv CRM lari kichik markaz uchun yetarli bo‘lishi mumkin. O‘z tizimi markaz jarayoni boshqacha bo‘lganda, o‘quvchi va ota-ona uchun ilova kerak bo‘lganda yoki CRM, to‘lov va terminallar bitta joyga ulanishi kerak bo‘lganda foyda beradi. Blitz ham avval ModMe da ishlagan, keyin o‘z tizimiga o‘tgan.
Quyidagilar nemis tili markazi tajribasiga tayanadi, lekin vazifalar boshqa o‘quv markazlarida ham bir xil: lid, guruh, to‘lov, davomat, natija va ota-ona bilan aloqa.
To‘lov Click yoki Payme ga keladi, balans esa boshqa jadvalda. Kim qarzdorligini bilish uchun qo‘lda solishtirasiz, eslatma ham qo‘lda yuboriladi.
Farzandi darsga kelmagani yoki imtihon natijasi ota-onaga administrator yozgandagina yetadi. Markaz o‘sgani sari administrator hammaga ulgurmaydi.
Sotuv amoCRM da, o‘quvchi esa o‘quv tizimida. To‘lagan lidni kimdir guruhga qo‘lda ko‘chiradi.
Ustoz qachon kelgani va ketgani jurnalda yoki umuman yozilmaydi, maosh hisoblashda bahs chiqadi.
O‘quvchi darsdan keyin til bilan shug‘ullanmaydi, ustoz esa kim orqada qolayotganini kech ko‘radi.
Aist xalqaro maktabi uchun sayt ham qilganmiz: dasturlar, qabul arizasi va yangiliklar.
Ko‘pincha birinchi qadam to‘lov va davomatni bitta joyga yig‘ish: administrator vaqtining asosiy qismi shularga ketadi. Eski tizimdagi o‘quvchilar, balans va to‘lov tarixi ko‘chiriladi, Blitz da ModMe dan shunday ko‘chirilgan. Keyin ota-ona va o‘quvchi ilovalari, amoCRM ulanishi va Face ID davomat qo‘shiladi. AI ustoz kabi qismlar asosiy tizim ishlab turganda qo‘shiladi. Qo‘ng‘iroqda nima bo‘lishi bepul diagnostika sahifasida.
Diagnostikada shu ko‘rsatkichlarning hozirgi qiymatini yozib olsangiz, ishga tushgandan keyin solishtirish oson bo‘ladi.
Qo‘ng‘iroqda lid, to‘lov, davomat va natija qayerda yuritilishini aniqlaymiz va nimani birinchi ulash foyda berishini aytamiz.
