Buyurtma va bosma
To‘langan buyurtma uchun bosma topshirig‘i o‘zi yaratiladi.

Onlayn do‘kon, to‘lov va sayt. Buyurtma va to‘lov bitta tizimga tushadi.
Bepul diagnostika qo‘ng‘irog‘i
To‘langan buyurtma uchun bosma topshirig‘i o‘zi yaratiladi.

Katalog, savat va Click yoki Payme orqali to‘lov.

Xona va sanalar tanlanadi, bron Wyndham sahifasida davom etadi.



Xona, restoran va zallarni mehmonxona dasturchisiz o‘zi yangilaydi.
Yurtal qurganMijozning tizimi yoki tashqi xizmat
Biz qurgan ilovalar
Biz qurgan backend
Ulangan tizimlar
1-kun

3–5-kun

7-kun

14-kun

Narx ilovalar, rollar va ulanadigan tizimlar soniga bog‘liq.
Jarayon haqida batafsilXaridor va mehmon bilan ishlaydigan biznes uchun onlayn do‘kon, to‘lov, kassa va sayt. Buyurtma va to‘lov bitta tizimga tushadi, kontentni jamoangiz dasturchisiz yangilaydi.
Ritel va HoReCa da xaridor kutmaydi: sayt sekin ochilsa, to‘lov ishlamasa yoki egasi filiallardagi savdoni kechikib bilsa, savdo boshqa joyga ketadi. Bu sohada tez ishlash, onlayn to‘lov va hamma filialning bitta hisobi hal qiladi.
Biz do‘kon, restoran va mehmonxona uchun xaridor yoki mehmon ishlatadigan qismni (sayt, ilova, to‘lov) va jamoa ishlatadigan qismni (admin panel, kassa, buyurtmalar) birga quramiz.
Bu sohadagi ishlarimiz bir-biriga o‘xshamaydi: kiyim brendi uchun xaridor o‘zi dizayn qiladigan do‘kon va xalqaro tarmoqdagi mehmonxona sayti. Ularni bitta narsa birlashtiradi: xaridor ko‘radigan qism va jamoa ishlatadigan qism bitta tizimga ulangan.
Buyurtma Instagram yoki Telegram’da qabul qilinadi, to‘lov kartaga o‘tkazma bilan keladi va skrinshot bilan tekshiriladi.
Taom tannarxi va ombor qoldig‘i Excel’da hisoblanadi, qaysi taom foyda keltirayotganini hech kim aniq bilmaydi.
Har filial o‘z hisobini yuritadi, egasi umumiy holatni kechqurun qo‘ng‘iroq qilib biladi. Qaysi filialda nima kam sotilayotgani oy oxirida bilinadi.
Menyu, xona, narx yoki aksiyani o‘zgartirish uchun dasturchini kutasiz. Aksiya ba’zan boshlanib bo‘lgach saytga chiqadi.
Xaridor rang, o‘lcham yoki dizaynni o‘zi tanlamoqchi, buyurtma esa ishlab chiqarishga qo‘lda yetkaziladi.
Restoran tarmog‘i uchun kassa (POS) ham qurganmiz: kassir zal sxemasidan buyurtma oladi, har taomning tannarxi va ombor qoldig‘i hisoblanadi, egasi filiallarni bitta paneldan kuzatadi. Mijoz nomi ochiq emas, tizimni demo bilan ko‘rsatamiz. Webflow saytlari uchun Click va Payme plagini ham bizniki (Uzpay, FidoStudio).
Boshlash nuqtasi biznes turiga bog‘liq. Do‘kon uchun ko‘pincha onlayn buyurtma va to‘lov, restoran uchun kassa va filiallar hisobi, mehmonxona uchun tez ochiladigan sayt va bron sahifasiga yo‘l. Birinchi bosqichda bitta kanalni to‘liq ishlatamiz, keyin qolganini ulaymiz. Click, Payme yoki Multicard va hisob uchun 1C bo‘lsa, ular birinchi bosqichdayoq ulanadi. Qo‘ng‘iroqda nima bo‘lishi bepul diagnostika sahifasida.
Diagnostikada shu ko‘rsatkichlarning hozirgi qiymatini yozib olsangiz, ishga tushgandan keyin solishtirish oson bo‘ladi.
Qo‘ng‘iroqda xaridor yoki mehmon sizga qanday buyurtma berishini va qayerda qo‘l ishi qolayotganini aniqlaymiz.
