Minimum Viable Product: g‘oyani real foydalanuvchida tekshirish uchun eng kerakli funksiyalar bilan chiqarilgan birinchi versiya.
MVP da hamma narsa emas, asosiy jarayon quriladi: masalan, buyurtma berish va uni qabul qilish. Qolgan funksiyalar foydalanuvchi qanday ishlatayotgani ko‘rilgandan keyin qo‘shiladi.
Bu byudjetni bosqichlarga bo‘ladi va keraksiz narsaga pul ketishining oldini oladi. Lekin MVP sifatsiz degani emas: u ishlab turadigan, xavfsiz va kengaytiriladigan bo‘lishi kerak.
Bizning loyihalarda
DeepVision ilovasi ikki bosqichda chiqdi: avval tashrif, oflayn navbat va GPS, keyin lid va buyurtma.
