Qadam AI: mashqni kamera orqali tekshiradigan shaxsiy AI trener
Ilova qaysi mashqni qanday bajarishni ekranda ko‘rsatadi, kamera orqali foydalanuvchi uni to‘g‘ri bajarayotganini tekshiradi va xato bo‘lsa darhol aytadi.
- Mijoz
- Qadam AI
- Soha
- Sport va fitnes
- Soha
- Sport va fitnes
- Mahsulot
- Shaxsiy AI trener
- Texnologiya
- Kamera orqali harakatni tahlil qilish
Vazifa
Uyda yoki trenersiz mashq qilganda odam xatosini o‘zi ko‘rmaydi: harakat noto‘g‘ri bajariladi, foyda kamayadi, jarohat xavfi oshadi. Tirik trener har doim yonida bo‘lmaydi. Mashqni ko‘rsatadigan va bajarilishini kuzatib, xatoni aytadigan yordamchi kerak edi.
Yechim
Shaxsiy AI trener qurdik. Ilova qaysi mashqni qanday bajarishni ekranda ko‘rsatadi. Foydalanuvchi mashq qilayotganda kamera harakatni kuzatadi va AI uni to‘g‘ri bajarilishi bilan solishtiradi. Mashq noto‘g‘ri bajarilsa, trener shu zahoti aytadi, foydalanuvchi harakatni to‘g‘rilaydi.
- Mashqni ekranda ko‘rsatish
- Kamera orqali bajarilishini tekshirish
- Xatoni darhol aytish
- Trenersiz mustaqil mashq
Savollar
Qadam AI nima qiladi?
Mashqni qanday bajarishni ekranda ko‘rsatadi, kamera orqali foydalanuvchi uni to‘g‘ri bajarayotganini tekshiradi va xato bo‘lsa darhol aytadi.
AI mashqni qanday tekshiradi?
Kamera foydalanuvchining harakatini kuzatadi, AI esa uni mashqning to‘g‘ri bajarilishi bilan solishtiradi. Farq bo‘lsa, trener nimani to‘g‘rilash kerakligini aytadi.
Kamera bilan ishlaydigan AI ni boshqa sohada ham qilsa bo‘ladimi?
Ha. Qaysi harakat yoki jarayonni kuzatish kerakligini qo‘ng‘iroqda ko‘rib chiqamiz va qayerdan boshlash foydaliroq ekanini aytamiz.
Sizda ham shunday jarayon bormi?
Qaysi tizimlarda ishlashingizni va qayer qo‘lda qolayotganini yozing. Qo‘ng‘iroqda qaysi qismidan boshlash foyda berishini aytamiz.
+998 99 2222-0-66[email protected]
Barcha keyslar