Barcha loyihalar

Trest12 ConstructionTech · Sifat nazorati

Har bir tafsilot. Sifat nazoratida.

Obyektlardagi kamchiliklarni ilovada qayd etish, mas'ul xodimga biriktirish va bartaraf etilganini tasdiqlash. Web + mobil.

Loyiha bilan tanishing
Trest12 — platforma va ilovalar ko‘rinishi

Trest12.

LOYIHA HAQIDA
MIJOZ
Trest12
YO‘NALISH
ConstructionTech · Sifat nazorati
XIZMATLAR
UI/UX dizayn, web va mobil ilova
PLATFORMALAR
Web · Mobil ilova

Trest12 — qurilish obyektlarida sifatni nazorat qilish uchun web va mobil tizim. Kamchilikni aniqlashdan uni bartaraf etishni tasdiqlashgacha bo‘lgan jarayon yagona ish maydonida.

Vazifa

Obyektlardagi kamchiliklarni qayd etish, mas’ullarni belgilash va bajarilgan ishlarni kuzatish uchun aniq, barcha ishtirokchilarga tushunarli jarayon zarur edi.

Yechim

Joyida kamchilikni qayd etish, xodimga biriktirish va holatini kuzatish uchun qulay interfeys yaratdik. Web panel umumiy nazoratni, mobil ilova esa obyektning o‘zida ishlashni ta’minlaydi.