Barcha loyihalar

SmartArena Marketpleys · Sport

Bo'sh maydon. Bir zumda band.

Maydon egalari e'lon joylaydi, moderatorlar tekshiradi, o'yinchilar bo'sh soatni tanlab ilova ichida onlayn to'laydi.

Loyiha bilan tanishing
SmartArena — platforma va ilovalar ko‘rinishi

SmartArena.

LOYIHA HAQIDA
MIJOZ
SmartArena
YO‘NALISH
Marketpleys · Sport
XIZMATLAR
UI/UX dizayn, mobil ilova, admin panel
PLATFORMALAR
Mobil ilova · Web panel

SmartArena — futbol maydonlari uchun marketpleys. Maydon egasi rasm, manzil, ish vaqti va narxni joylaydi, o'yinchi bo'sh soatlarni ko'rib band qiladi, moderator e'lonlarni tekshirib faollashtiradi.

Vazifa

Maydon band qilish telefon qo'ng'iroqlari va yozishmalar orqali yuritilardi: bo'sh soatlar noma'lum, to'lov kelishuvi noaniq, egasi uchun hisob yo'q edi.

Yechim

Uch rolli tizim qurdik: egalar uchun e'lon va bron taqvimi, o'yinchilar uchun bo'sh soatlar va onlayn to'lov, moderatorlar uchun tekshiruv. Band qilish va to'lov ilova ichida bir necha bosishda.