Barcha loyihalar

SevCooking FoodTech · Telegram buyurtma

Buyurtma. Chek. Tasdiq. Hammasi Telegramda.

Telegram Mini App va sayt bitta kodda: katalog, savat, lokatsiya bilan yetkazib berish, chek orqali to'lov. Xodimlar buyurtmani Telegram guruhida tasdiqlaydi.

Loyiha bilan tanishing
SevCooking — platforma va ilovalar ko‘rinishi

SevCooking.

LOYIHA HAQIDA
MIJOZ
SevCooking
YO‘NALISH
FoodTech · Telegram buyurtma
XIZMATLAR
Telegram Mini App, sayt, backend va bot
PLATFORMALAR
Telegram Mini App · Web

SevCooking — nonvoyxona va qandolat mahsulotlari uchun onlayn buyurtma tizimi. Mijoz Telegram ichida yoki saytda buyurtma beradi, xodimlar esa Telegram guruhidan chiqmasdan boshqaradi.

Vazifa

Mijozga ilova o'rnattirmasdan buyurtma olish, to'lovni karta o'tkazmasi orqali chek bilan tasdiqlash va xodimlarga qo'shimcha dastur o'rgatmasdan buyurtmalarni yuritish kerak edi.

Yechim

Telegram Mini App orqali avtomatik kirish, katalog, savat va lokatsiya bilan yetkazib berish qildik. Mijoz chek rasmini yuklaydi, bot buyurtmani guruhga tasdiqlash tugmalari bilan yuboradi, har bir holat o'zgarishi mijozga o'zbek yoki rus tilida boradi.