HisoblaAI AI agent · Shaxsiy moliya
Gapiring. Xarajat o'zi yoziladi.
Kirim va xarajatni matn yoki ovozli xabar bilan aytasiz, agent toifalab yozib boradi. Veb-ilovada toifalar bo'yicha vizual hisobotlar va kunlik balans.
Loyiha bilan tanishing
HisoblaAI.
LOYIHA HAQIDA- MIJOZ
- HisoblaAI
- YO‘NALISH
- AI agent · Shaxsiy moliya
- XIZMATLAR
- AI agent, Telegram bot, veb-ilova
- PLATFORMALAR
- Telegram bot · Web app
HisoblaAI — kundalik kirim-chiqimni yuritish uchun Telegramdagi AI agent. Foydalanuvchi xarajatni matn yoki ovozli xabar bilan aytadi, agent toifasini aniqlab bazaga yozadi va hisobot qaytaradi.
Vazifa
Shaxsiy moliya ilovalari odatda jadval to'ldirishni talab qiladi va foydalanuvchi bir necha kundan keyin tashlab yuboradi. Yozib borish gapirishdek oson bo'lishi kerak edi.
Yechim
Ovozli va matnli xabarlarni tushunadigan agent qurdik: summa, toifa va izohni o'zi ajratadi, bazaga yozadi va joriy balansni qaytaradi. Veb-ilovada toifalar bo'yicha diagrammalar, kirim va xarajat taqqoslovi ko'rinadi.


Yozish emas, aytish.
- Ovozli va matnli kiritish
- AI toifalash
- Toifalar bo'yicha vizual hisobot
- Kunlik balans bir qarashda
Telegramdan chiqmasdan.
Bot va veb-ilova bitta Telegram ichida ishlaydi. Qo'shimcha ilova o'rnatish shart emas.
Telegram bot · Web app
Moliya nazorati shunchaki suhbat.
