Barcha loyihalar

Blitz EdTech · LMS platforma

Ta’limning barcha jarayoni. Bitta ekotizim.

Ai integratsiyali 3 ta ilova (O'quvchi, O'qituvchi, Ota-ona) va kuchli admin-panel: kurslar, davomat, moliya, reyting, imtihonlar va boshqalar.

Loyiha bilan tanishing
Blitz — platforma va ilovalar ko‘rinishi

Blitz.

LOYIHA HAQIDA
MIJOZ
Blitz
YO‘NALISH
EdTech · LMS platforma
XIZMATLAR
UI/UX dizayn, web va mobil ilovalar
PLATFORMALAR
Web · iOS · Android

Blitz — o‘quv markazining kundalik ishlarini yagona tizimga birlashtiruvchi platforma. Administrator, o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-ona uchun o‘zaro bog‘langan, tushunarli interfeys yaratdik.

Vazifa

Dars jadvali, davomat, to‘lovlar va o‘quvchilar natijalarini turli vositalarda yuritish ko‘p vaqt talab qiladi. Asosiy vazifa — bu jarayonlarni bir joyda jamlash va har bir foydalanuvchiga kerakli ma’lumotni qulay ko‘rsatish.

Yechim

Kuchli admin-panel va uchta mobil ilova yagona ekotizimda ishlaydi. Kurslarni boshqarishdan tortib AI yordamida mashq qilishgacha — har bir jarayon uchun sodda va izchil foydalanuvchi tajribasi.